“TEXNOPARK”ga “KAMAZ” OAJ bosh direktori Sergey Kogogin tashrif buyurdi

Mehmon barcha ishlab chiqarishlar bilan tanishdi. “TEXNOMOLD” press-forma va qoliplar ishlab chiqarishi katta qiziqish uyg'otdi, D blokida joylashgan ishlab chiqarishlar bilan ham tanishdi, bu yerda metall konstruktsiyalar, deraza va eshiklar uchun aksessuarlar, panel radiatorlari ishlab chiqarish zavodlari mavjud.

Har bir "TEXNOPARK" ishlab chiqarishida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar mavjud bo‘lib, ularning faoliyati bilan “KAMAZ” OAJ rahbari ham yaqindan tanishdi. Shou-rumlarda ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari, qurilish materiallari va maishiy texnikalarning barcha turlari namoyish etildi.