5-aprel kuni, Toshkentdagi "UZEXPOCENTRE" milliy ko'rgazma kompaniyasida "Innoprom-2021" xalqaro sanoat ko'rgazmasi boshlandi.  Ko'rgazmada 20 ta mamlakatdan kelgan 1100 dan ortiq korxonalar orasida, o'z mahsulotlari bilan "TEXNOPARK" MChJ ishlab chiqarish korxonalari ham ishtirok etmoqda.  Taqdim etilgan mahsulotlar orasida:  yiliga 80 ming dona ishlab chiqariladigan "SHIVAKI" brendi ostidagi sanoat konditsionerlari, "OSTEN" brendi ostidagi, yillik ishlab chiqarish quvvati 2000 dona bo'lgan yo'lovchi, shifoxona, yuk va panoramali liftlar, shuningdek, "OSTEN" gazli aqlli hisoblagichlari, yillik ishlab chiqarish hajmi 3 million donani tashkil etadi.

 

"Innoprom-2021" - 2010 yildan buyon, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida an'anaviy ravishda o'tkazilib kelinayotgan va O'zbekistonda birinchi marta tashkil etilgan xalqaro mashinasozlik, metallurgiya, energetika, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi korxonalarning ko'rgazmasi hisoblanadi. Ko'rgazma 7-aprelga qadar davom etadi.