“Novostal-M” metallurgiya xoldingi (Rossiya) boshqaruvchi raisi Ivan Demchenko boshchiligidagi delegatsiya “TEXNOPARK” MChJ ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Mehmonlarga qo‘llanilayotgan texnologiyalar, zavodlar salohiyati, lift dispetcherlik markazi faoliyati, gaz iste’molini nazorat qilish bo‘yicha markaz faoliyati haqida ma'lumot berildi.  Har bir ishlab chiqarish uchun yaratilgan ko‘rgazma zallarida sanoat mahsulotlari assortimenti namoyish etildi.



Rossiyalik mutaxassislarning e'tiborini quyidagi ishlab chiqarish quvvatlari tortdi: liftlar va eskalatorlar, metall konstruktsiyalar va sendvich panellar, qoliplar va shtamplar.

O‘z navbatida, Rossiya tomoni “Novostal-M” xoldingi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.



"Novostal-M" metallurgiya xoldingi ikkita yirik sanoat korxonasini birlashtiradi:  "Абинский ЭлектроМеталлургический завод" MChJ (Krasnodar o'lkasi) va "Металлургический Завод Балаково" AJ (Saratov viloyati).  Xolding yiliga 2,7 million tonnadan ortiq po'lat ishlab chiqaradi.  Asosiy mahsulotlar - po'lat, sim, konstruktiv shakllar, har xil turdagi qoplamali simlar.