"TEXNOPARK" MChJ o'quv markazi har kuni turli yo'nalishlarda treninglar o'tkazadi. Ushbu haftada ishlab chiqarish obyektlarining tegishli xodimlari maqsadida, omborxonalardan foydalanish, tashish usullari hamda nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan darslar tashkil etildi. Tinglovchilarga omborlarda ishlashning o'ziga xos xususiyatlari batafsil o'rgatiladi. l Masalan, kiruvchi va chiquvchi mahsulotlarni hisobga olish, mahsulot turlariga qarab joylashtirish va saqlash, tovarlarni konsolidatsiya qilish, shuningdek katta hajmli, o'ziga xos yuklarni joylashtirish va boshqa yo'nalishlarda harakatlanishning o'ziga xos xususiyatlari va xavfsizlik choralari o'rgatiladi.

 

"TEXNOPARK" MChJning yangi ishchilariga TX, MM bo'yicha birinchi tibbiy yordam berishga qaratilgan hamda fabrikalar va idoralarda o'zini tutish qoidalari va boshqalar bo'yicha kirish darslari o'tkaziladi. Xodimlarga muayyan holatlarda qanday qilib to'g'ri harakat qilishni o'rgatiladi. Yong'inni o'chirish, elektr tarmoqlarining nosozliklarini bartaraf etish, majmua ichidagi yo'l harakati qoidalari va boshqa shu kabi asosiy ko'nikmalarni tushuntiriladi. Yakunda tinglovchilardan imtihon olinadi.

 

"TEXNOPARK" MChJ kompaniyasining barcha ishlab chiqarish obyektlari ish jarayonini optimallashtirish uchun robot manipulyatorlar bilan jihozlangan. Ularni boshqarish maxsus bilim va ko'nikmalarni talab qiladi. O'quv markazida robotlashtirilgan uskunalar operatorlari uchun doimiy ravishda o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi.