17-dekabr kuni "Texnopark" MChJga Toshkent shahar Chilonzor tuman 1-son kasb-hunar maktabi o'quvchilari va o'qituvchilari tashrif buyurishdi.  Mehmonlar uchun ekskursiya, muzlatgich ishlab chiqarishdan boshlandi.  Shundan so'ng ular  gaz hisoblagichlari, konditsionerlar va sovutish tizimlari, suv nasoslari, qoliplar, shuningdek, lift va eskalatorlarni ishlab chiqarish korxonalarida bo'lishdi.  Mehmonlarga ishlab chiqarish quvvatlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulot turi haqida so'zlab berildi.  Bundan tashqari, kelajakda Texnopark a'zosi bo'lishni istagan talabalarga ishga yollanish qoidalari tushuntirildi.