Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Aqilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan O‘zbekistonga keldi. Ishchi tashrif dasturida oliy martabali mehmonlar uchun “TEXNOPARK” MChJning yirik sanoat salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Delegatsiya a‘zolari texnologik jarayonlarni bevosita kuzatish, mahsulot turlarini oʻrganish, raqobatbardosh elektrotexnika mahsulotlari, innovatsion qurilish materiallari va maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning ishlab chiqarish quvvatlari va eksport salohiyati haqida ma‘lumotlar olish imkoniga ega boʻldilar.

P.S. “TEXNOPARK” MChJ Qirgʻiziston Respublikasiga OSTEN liftlari, AVANT Izobazalt paxtasi, LEO suv nasoslari, LIDER panelli radiatorlari, Osten smart gaz hisoblagichlari, AKFA deraza va eshiklari uchun furnitura va aksessuarlar, SHIVAKI konditsioner tizimlari va SHIVAKI FRIGO COOL savdo muzlatgichlari eksportini amalga oshirgan.