"O'zbekiston 24" telekanalida "Osten" brendi ostida ishlab chiqarilgan yangi avlod gaz hisoblagichlari to'g'risida reportaj namoyish etildi. "Xududgazta'minot" AK vakillari iste'molchilar uchun ham, gaz ta'minoti muassasalari uchun ham gazni hisobga olish moslamalarini o'rnatishning afzalliklari haqida so'zlab berishdi. Iste'mol gazini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan uskunalar namoyish etildi. "Aqlli" gaz hisoblagichlarining asosiy afzalligi shundaki, ularni aldash mumkin emas.