2022-yil “TEXNOPARK” MChJ minglab xodimlari uchun juda samarali yil bo‘ldi: yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, eksport hajmi oshdi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari, maishiy texnika turlari kengaydi, hamkorlik aloqalari faol rivojlandi.

TEXNOPARK yutuqlariga hissa qo'shgan barchani chin yurakdan tabriklaymiz. Yangi yilda kompaniya oldida yangi vazifalar turibdi. Ularning amalga oshirilishi butun ko‘pmillatli xalqimiz farovonligi yo‘lida respublikaning yanada iqtisodiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Yangi yilda sizga va oilangizga sihat-salomatlik, totuvlik, farovonlik, oilaviy baxt tilaymiz! Jamoamizga barcha rejalarimiz muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilab qolamiz. Yangi yil bilan!