2021-yil 4-oktyabrda, "TEXNOPARK" MChJ hududida O'zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi.  Shuningdek, "Made in Uzbekistan" keng ko'lamli ko'rgazmasi tashkil etildi.

 

Ushbu tadbirlar, shu yilning 4 - 5-oktyabr kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Respublikamizga rasmiy tashrifi doirasida o'tkazilmoqda.

Ishbilarmonlik tadbiri ishtirokchilari va mehmonlar nafaqat ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi, balki O'zbekistonning qator sohalar va korxonalar mahsulotlarining keng assortimenti bilan tanishdilar.

 

Sanoat ishlab chiqarish kompaniyalari, uyushmalar va bo'limlar:
"TEXNOPARK";
"Artel";
"O'zeltexsanoat";
O'zfarmsanoat;
"To'qimachilik" uyushmasi;
Mebel sanoati;
"FONON" zavodining zargarlik buyumlari - "O'zbekzargarsanoat";
"O'zmetkombinat" mahsulotlari;
Qishloq xo'jaligi vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
"O'zavtosanoat" AJ;
"O'zbekturizm".

 

Tashrif buyuruvchilar "TEXNOPARK" MChJ mahsulotlari qo'yilgan stendlarga katta e'tibor berishdi.

Ushbu stendlarda zamonaviy texnologik ishlanmalar, shu jumladan jahon brendlari namoyish etildi:

- "Shivaki": sanoat iqlim uskunalari;
- "Shivaki Frigo Cool": sanoat sovutish uskunalari va muzlatgichlar;
-"Osten": liftlari va eskalatorlar;
- "Leo": nasoslari.

Bu sanoat uskunalari "TEXNOPARK" MChJning zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi hamda sifat, ishonchlilik va xavfsizlik bo'yicha jahon standartlariga javob beradi.

 

O'tgan biznes tadbir, O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida katta ahamiyatga ega.

Savdo-iqtisodiy nuqtai nazardan, ko'rgazma mamlakatimiz uchun quyidagi, uzoq muddatli imtiyozlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin:

- O'zbek-turkman savdo aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish, birinchi navbatda, O'zbekistondan Turkmanistonga eksport oqimini ko'paytirish;

- Turkmanboshi xalqaro dengiz porti orqali - mahalliy uskunalarni tashqi bozorlarga yetkazib berishning yanada maqbul va iqtisodiy jihatdan qulay eksport yo'nalishlariga kirish;

"TEXNOPARK" MChJning xalqaro forumda ishtirok etishi va texnologik salohiyatining taqdimoti, 12 ta ishlab chiqarish korxonasining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muvaffaqiyatli va samarali faoliyatni namoyish etishning yana bir ahamiyatli vositasidir.