Tashrif dastur doirasida “TEXNOPARK”ga tashrif ham bor edi. Hurmatli mehmonlar, Prezident Sh.M.Mirziyoyev I.G‘.Aliyev "SAMSUNG" maishiy muzlatgichlari, "SHIVAKI FRIGO COOL" savdo muzlatgichlari, "SAMSUNG" kir yuvish mashinalari, "OSTEN" “aqlli” gaz hisoblagichlari, "SHIVAKI" konditsioner tizimlari, "LEO" suv nasoslari, qoliplar va shtamplar, "TEXNOMOLD" deraza romlar va eshiklar uchun armatura va aksessuarlar, "FEROLLI" va "LIDER" panel radiatorlari, "AVANT BUILD" metall konstruksiyalari va sendvich panellari, shuningdek, "OSTEN" liftlari va eskalatorlarini ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdilar. Ularga ishlab chiqarish quvvatlari, laboratoriya va tayyor mahsulotlar bilan jihozlangan ko‘rgazma zallari imkoniyatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari “TEXNOPARK”da tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini ham borib ko‘rdilar.