“TEXNOPARK”ga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar lift va eskalatorlar, maishiy muzlatgichlar, savdo muzlatgichlari, kir yuvish mashinalari, smart gaz hisoblagichlari, konditsioner tizimlari, suv nasoslari va qolip va shtamplar ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi.

“TEXNOPARK” direktori Sarvar Axadov mehmonlarga barcha mavjud zavodlar va ishga tushirilishi rejalashtirilgan ishlab chiqarishlar ko‘rsatilgan ishlab chiqarish ob’ektlari xaritasini taqdim etdi hamda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlarining eksport salohiyati haqida gapirib berdi.