“TEXNOPARK” MCHJ “InnoWeek.Uz-2021” ko‘rgazmasida “KUKA” texnologik yechimlari va robototexnikasini taqdim etmoqda. “TEXNOPARK” avtomatlashtirish bo‘yicha aqlli yechimlarni yetkazib beruvchi dunyodagi yetakchi “KUKA” kompaniyasining eksklyuziv integratoridir. Eslatib o‘tamiz, kelishuv 2021-yilning 7-aprelida “TEXNOPARK” MChJ va "KUKA Rossiya" kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida imzolangan shartnomada ko'rsatilgan. Hujjatga ko'ra:
- “TEXNOPARK” MChJ eksklyuziv integratorga aylanadi
- O‘zbekistonda "KUKA" qo‘shma vakolatxonasi tashkil etiladi
 -O‘zbekiston sanoat korxonalari, kelajakda esa butun Markaziy Osiyo uchun texnologik yechimlarni ishlab chiqadigan “KUKA” robot-texnik majmuasi yaratiladi
- “TEXNOPARK” MCHJ "KUKA" robototexnika o‘quv markazini ochadi.

Maqsad - robotlashtirilgan komplekslar uchun yuqori malakali dasturchi va operatorlarni tayyorlash.
Innovatsion g‘oyalar haftaligida TEXNOPARK/KUKA stendi joylashtirildi, unda mutaxassislarimiz zavodlarimizda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, robotlar, uskunalar va ishlab chiqarish salohiyati haqida gapirib berishadi.

“InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi 27-noyabrga qadar davom etadi.