Hurmatli iste'molchilar!

«Texnopark» MChJ elektron gaz hisoblagichlarini blokirovka qilish bilan bog'liq vaziyatga zudlik bilan javob bermoqda. Ko'pgina fuqarolarga klapanni ochish uchun maxsus kodni mustaqil ravishda kiritish qiyin bo'lmoqda. Kiruvchi qo'ng'iroqlarning ko'pligi sababli, aloqa-markazimizning operatorlari har bir so'rovni ko'rib chiqishga ulgurmayaptilar. Faqat 5-fevral kuni, 14:00gacha 443 ta qo'ng'iroq qabul qilindi. Qo'ng'iroqlar soni ko'paymoqda. Eng samarali ish jarayonini olib borish maqsadida, «Texnopark» MChJ maxsus ishchi guruh tuzdi, shuningdek «Telegram» da guruh yaratdi. Qolaversa, u mutaxassislar tomonidan bosqichma-bosqich ko'rsatmalar beriladigan so'rovlarni ko'rib chiqishni boshladi. Biz hech qaysi murojaatni o'tkazib yubormaslikka va hammaga yordam berishga harakat qilmoqdamiz. Tushunganingiz uchun tashakkur!

«Texnopark» MChJ jamoasi