"TEXNOPARK" MChJ Yevropa Ittifoqi bozorlarida, sotiladigan tijorat muzlatgichlarining CE (Conformité Européenne)* belgisidan foydalanish huquqini olgan birinchi mahalliy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi.

CE sertifikati Yevropa standartlariga muvofiq berilgan hamda Yevropa va Turkiya bozorlarida mahsulotlarni sotish uchun CE belgisidan foydalanish huquqini beradi. Shunday qilib, “TEXNOPARK” MChJ Yevropa Ittifoqining 27 davlati va Turkiya mos ravishda 450 va 80 million aholiga ega bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Muvofiqlikni baholash jarayonida, “TEXNOPARK” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan tijorat muzlatgichlari EN 60335-2-89:2010 va EN 61000 elektr xavfsizligi va elektromagnit moslashuvchanligi bo‘yicha, Yevropa standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

*CE mahsulot xavfsiz xom ashyodan tayyorlanganligini tasdiqlaydi va ushbu mahsulot ishlab chiqaruvchisi talab qilinadigan standartlarga javob berganligini hamda barcha kerakli tekshiruvlardan o'tganligini anglatadi.