2019 yil 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "TMZ" AJga tashrif buyurdi. Davlat rahbari amalga oshiriladigan loyihalarning taqdimoti bilan tanishib chiqdi. 2019-2020 yillarda umumiy qiymati qariyb 385 million dollar bo'lgan 16 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz.
Yangi korxonalarda yiliga:
1 million kir yuvish moshinalari;  
1 million oshhona plitasi;
1 million maishiy sovutgich;
75 ming tijorat va maishiy muzlatgichlar;
700 ming elektr suv isitgichlari;
550 ming gidravlik nasoslar;
80 ming sanoat konditsionerlari; 
2 mingta lift va eskalatorlar;
alyuminiy va bimetal radiatorlar;
sendvich panellari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Taxminan 6 ming ish o'rni yaratish va yiliga qariyb 185 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinishini ta'minlash kutilmoqda.