Afg'oniston Islom Respublikasining biznes vakillari hamda mamlakatning ishlab chiqarish va korxona rahbarlaridan iborat delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi.  Ular «O'zbekiston-Afg'oniston» biznes-forumida ishtirok etdilar, unda o'zaro manfaatli, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.  Tashrif doirasida Afg'oniston delegatsiyasi «Texnopark» MChJga ham tashrif buyurdi.  Tashrifning maqsadi - O'zbekistonning sanoat salohiyati bilan tanishish.  Mehmonlar  «Texnopark»ning amalda ishlab turgan 6 ta ishlab chiqarish obyektlarining barchasida bo'lishdi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi bilan tanishishdi.  Delegatsiya a'zolari, ayniqsa, «Osten» brendi ostida ishlab chiqarilgan liftlar va eskalatorlar va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirishdi.  Shuningdek, mehmonlarga 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida so'zlab berildi.