16-fevral kuni, «Texnopark» MChJga Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi Muvaqqat ishlar vakili boshchiligidagi Fransiya Respublikasining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif axborot va tanishuv maqsadida bo'lib o'tdi. Diplomatik vakolatxona xodimlari, amalda «Texnopark» hududidagi barcha 6 ta ishlab chiqarish obyektlarida bo'lishdi. Mehmonlarning e'tiborini ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining assortimenti, korxonalarning eksport salohiyati o'ziga qaratdi. Diplomatlarga yevropalik sheriklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, 2021-yilgacha hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash rejalari haqida so'zlab berildi.