13-yanvar kuni "TEXNOPARK" MChJga Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov tashrif buyurishdi.  Tashrif davomida mehmonlar Texnoparkning ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, eksport salohiyati va 2021-yilga mo'ljallangan rejalari bilan tanishdilar.  Janob Agostino Pinna Italiyaning "Pietro Fiorentini", "Terranova" va "Ferroli" kabi yirik kompaniyalari bilan hamkorlikdagi faoliyatga o'z qiziqishini bildirdi.  Taqdimot davomida hurmatli mehmonlarga hamkorlik to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.  Tomonlar kelgusida samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.