24-fevral kuni, "Texnopark" MChJga Qirg'iziston Respublikasi biznes vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar “Texnopark”ning amaldagi ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport salohiyati to'g'risida ma’lumot berildi. Delegatsiya a'zolari liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarishga, shuningdek sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlarini ishlab chiqarishga alohida qiziqish bildirishdi.