Butun respublika bo'ylab Yangi yil bayrami muhiti hukm surmoqda. O‘zbekiston 2022-yil arafasida!

Bizning ulkan jamoamiz 2021-yilni katta yutuqlar bilan kuzatmoqda. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi, yangi turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, shuningdek “TEXNOPARK” MChJ rivojiga o'z hissasini qo‘shgan barchani tabriklaymiz.


 

Sizga va oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovonlik, muvaffaqiyatlar hamda oilaviy baxt tilaymiz.

Bizning do'stona jamoamizning oldida esa, 2022-yilda yangi yirik loyihalarni amalga oshirish turibdi.

Barchamizga yangi kasbiy cho'qqilarni zabt etish nasib etsin!

Yangi yilingiz bilan!