4 iyun kuni "TEXNOPARK" MChJda ish bilan ta'minlash bo'yicha "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi" bo'lib o'tdi. Yarmarkada Toshkent moliya instituti bitiruvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Bizning mutaxassislarimiz talabalarga "TEXNOPARK" MChJda faoliyat yuritayotgan korxonalarning ehtiyojlari va imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi.

 

Natijada, ishga kirishni istagan universitetning ko'plab talabalari va bitiruvchilari anketalarni to'ldirdilar va suhbatdan muvaffaqiyatli o'tdilar. Shuningdek, o'qishni davom ettirayotgan talabalar korxona hududida mehnat amaliyotidan o'tish imkoniyatiga ega bo'ldilar.