"Texnopark" MChJ Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi tomonidan o'tkazilgan navbatdagi bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.  Tadbirda 972 ta bo'sh ish o'rinlari taqdim etildi.

"Texnopark" MChJ vakillari fuqarolarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi hamda ishlab chiqarish binolarining faoliyati, sharoitlari, ish tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi.  Ishga joylashish uchun arizalarni 60 nomzod to'ldirdi.