“TEXNOPARK” MChJda malaka oshirish va yangi kadrlarni tayyorlash maqsadida, “TEXNOPARK” MChJ savdo bo‘limi xodimlari hamda "Leo" brendi ostidagi suv nasoslarini sotishga ixtisoslashgan hududiy menejerlar uchun treninglar o‘tkazildi.


 

Mashg‘ulotlar xizmat ko‘rsatish markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar quyidagi mavzular ustida ish olib borishadi:
Maishiy va sanoat nasoslarining turlari va ularning xususiyatlari;
Ehtiyot qismlari va ularning nomlari;
O'rnatish, foydalanish, texnik xavfsizlik qoidalari.


 

Savdo menejerlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Texnologlar va boshqa mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Mijozlarning eng ko'p beriladigan savollariga javoblar olindi (texnik xususiyatlar va boshqalar).

Xizmat ko'rsatish bilan bog‘liq "Feedback" qayta aloqa “TEXNOPARK” MChJning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.