11-yanvar kuni chililik mutaxassislar “TEXNOPARK” MChJ rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Mis quvurlari va mis mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, ushbu turdagi mahsulotlarni eksport bozorlariga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.



Tadbir “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5159 dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.



Chililik mehmonlar lift va eskalatorlar, maishiy va tijorat muzlatgichlari, qoliplar, suv nasoslari, sovutish va konditsioner tizimlari, “aqlli” gaz hisoblagichlari ishlab chiqarishi bilan tanishdilar.