Bu safar 10 tonnalik yuk “TEXNOPARK” omborlaridan chiqib, Belarusga jo‘nab ketdi. "MeesenburgBel" MChJ deraza va eshiklar uchun 50 dan ortiq turdagi furnitura va aksessuarlarga buyurtma berdi.

Meesenburg deraza va eshik furnituralarini yetkazib beruvchi yetakchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 1758-yilda Germaniyada tashkil etilgan. Hozirda u 29 davlatda o'z mahsulot va xizmatlarini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamizki, 2021-yil dekabr oyida Meesenburg (Germaniya) ijrochi direktori Murat Yuchal, shuningdek, Rossiyadagi Vladislav Vasilenko va Qozog‘istondagi vakolatxonalari rahbarlari Konstantin Egorov "TEXNOPARK" ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurgan edilar.