O'quv markazi

O‘quv markazi boshlig'i
Babatulayev Botir Baxramovich
Qabul vaqti: har kuni 10:00 – 16:00
Telefon:  +998 97 715 06 40; +998 71 210 80 80 (0007)
E-mail: botir.babatulayev@texnopark.uz

  2020-yildan buyon "Texnopark" MChJ o'quv markazi o’z faoliyatini olib bormoqda

 

   “Texnopark” o'quv markazining asosiy vazifalariga xodimlarni qisqa muddatli o'qitish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kiradi.

 

TEXNOPARK o'quv markaziga VR (virtual reallik) tizimi joriy etildi. Dastur «TEXNOPARK» mutaxassislari tomonidan "VRonica" kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. VR simulyatoridagi 1-bosqichda, "G4" rusumli "OSTEN" gaz hisoblagichining mexanik va elektron qismlarini yig'ish mahoratini amaliyotda sinab ko'rish mumkin. Kelgusida «TEXNOPARK»da boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari uchun virtual o'quv dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.

VR simulyatorida imtihon funktsiyasi ham mavjud bo'lib, u o'qituvchilarga yangi ishchilarning tayyorgarligini baholashga imkon beradi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, yangi xodimlar haqiqiy yig'ish liniyasiga o'tishlari mumkin.

Ushbu jarayon yangi ishchilarni o'qitish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va kengaytiradi, ammo, eng muhimi, yig'ish jarayonida ishlab chiqarishdagi xatolar kamayadi, bu esa ishlab chiqarishda rad etish sonini kamaytiradi.

 

“Texnopark” MChJ o’quv markazining maqsad va vazifalari:

  • Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
  • Maishiy, sanoat va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxona xodimlarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini oshirish;
  • Zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirishda yordam ko'rsatish;
  • Robot uskunalarini boshqarish bo'yicha tajribalarni o'rgatish;
  • Tanlagan kasbi va ixtisosiga muvofiq ishga joylashish;
  • O'quv jarayonini takomillashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash bo'yicha uslubiy ta'minot;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbga yo'naltirishning samarali shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
  • Mazmuni va sifati bo'yicha xalqaro talablarga javob beradigan, yangilangan o'quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish;
  • Xalqaro aloqalarni o'rnatish, kengaytirish va mustahkamlashda konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar orqali mamlakatimizda, ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlarni targ'ib qilishda ishtirok etish;
  • Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, metodistlarning kasbiy vakolatlarini oshirish.
  • O'quv, uslubiy, amaliy, tashkiliy, shuningdek ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib boorish.

 

 

O'qitish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

  1. Mexanik va elektr ishlari bo'yicha operator. Trening fabrikalarning konveyerlarida uskunalardan foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi;
  2. Robot-manipulyatorni boshqaruvchi operatori. Nomzodlar robotlar turlari bilan tanishadilar, ulardan foydalanish va ularni dasturlashni o'rganishadi;
  3. Kompyuterni boshqarish operatori. Trening kompyuterlashtirilgan uskunalar va moslamalardan foydalanish va ularni ishga tushirish ko'nikmalarini rivojlantiradi;
  4. Sifatni nazorat qilish bo'yicha xodim. Ushbu sohada ular mahsulot sifatini nazorat qilish, o'lchash va sinov vositalarini o'rganish usullarini o'rganishadi;
  5. Ichki logistika va omborxona xodimi. Treningda omborxonalardan foydalanish qoidalari, tashish usullari to'g'risida bilim va ko'nikmalar hosil bo'ladi.
  6. Payvandlovchi. Tinglovchilarga metallni payvandlash turlari, usullari va qo'llanishlari bo'yicha ko'nikmalar o'rgatiladi.

   

   Har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlardan kirish imtihonida test olinib, shundan so‘ng dasturlarda belgilangan muddatlarda nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tiladi. O‘qitish muddati tugagandan so‘ng har bir nomzodlardan chiqish testi olinadi va egallagan bilimlari bo‘yicha baholanib, ularga o‘quv markazi tomonidan o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat yoki ma'lumotnoma beriladi. Shundan so‘ng nomzodlar ishlab chiqarish korxonasida o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin bo‘ladi. 

   O‘quv markazida ingliz tili, rus tili, komp'yuter savotxonligi, buxgalteriya hisobi bo‘yicha qo‘shimcha kurslar ham tashkil etiladi.

   Shu bilan birga o‘quv markazida axborot resurs markazi ham faoliyat yuritadi: Kitobxonlar uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kitoblar va elektron darsliklar bilan ta'minlangan.  

   Shuningdek, O‘quv markazida ishlab chiqarish sifatini oshirish xamda ishchi-xodimlarni iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik va mativasion darslar, tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musoboqalar, seminar-treninglar, mahorat darslari, tanlovlar) tashkil etiladi.

 

 

Markaz tomonidan taqdim etilayotgan kurslar

* Ma’lumot uchun, 24 soatlik o‘quv kursi 1 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, haftasiga 3 marotaba 1 juftlikdan olib boriladi (1 juftlik – 2 akademik soatga teng). 

Markazlarga trener-o‘qituvchilar sifatida asosan texnika, mehnat muhofazasi va tillar boyicha saloxiyatli professor-o‘qituvchilar jalb etilgan bo‘lib, hozirgi kunda hududiy filiallarda jami 40 dan ortiq trener-o‘qituvchilar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

 

“TEXNOPARK” kutubxonasi

Umirzoqova Shahzoda Qodirjon qizi

“TEXNOPARK” O’quv markazi kutubxona hodimasi

TEXNOPARK” MCHJ O’quv markazida kutubxona tashkil etilgan bo’lib, hozirda kutubxonada 1000 dan ziyod adabiyotlar mavjud. Kitoblarimizni nafaqat kutubxonamizda balki barcha ishlab chiqarish korxonalarida topishingiz mumkin. Kitoblarimiz maxsus kitob o’qish burchaklariga keng taqsimlangan. U yerda o’zingiz hohlagan kitobingizni olib o’qishingiz mumkin. Har bir burchaklarga mas’ul shaxs biriktirilgan. Shuningdek elektron kutubxona ham mavjud bo’lib, t.me/tpbook3 havolasi orqali Texnopark O’quv markazi kutubxonasi telegram- kanaliga obuna bo’lishingiz mumkin. Kitoblarni maxsus ID raqami orqali yoki nomini-muallifini yozgan holda topishingiz mumkin.Kutubxonda turli sohalarga oid kitoblar mavjud bo’lib, jumladan Prezident asarlari badiiy, ishlab chiqarish, psixologik va boshqa ko’plab yo’nalishlardan tashkil topgan. Bizning kutubxonamizda   eng sara va ommabop, o’zbek vac het-el yozuvchilarining adabitotlarini o’qib bahramand bo’lishingiz mumkin.

Elektron manzil: shaxzoda.umirzaqova@texnopark.uz 

 

Xojakbarov Saidaxror Dilshod o’g’li

ООО “TEXNOPARK” O’quv markazi ishlab chiqarishda omborxona va logistika ta’limi jarayonini tashkil etish bo’limi bosh mutaxassisi

“TEXNOPARK” MCHJ O’quv markazida omborxona va logistika xonasi tashkil etilgan bo’lib, unda omborxoning trnspolet, torozlik transpolet,tara,kanban tizimi va stilaj  ornatilgan. Bu yerda omborxona va logistika hodimlariga boshlang’ich bilim va konikmalar beriladi. Bizda 5 kunlik o’quv kursi tashkil etilgan bo’lib unda boshlang’ich bilim bilimlar beriladi. Ishchi hodimlar kelganida boshlangich nazorat testi olinadi, 50 soatlik darsdan keyin yakuniy nazorat ish boladi va boshlang’ich hamda yakuniy natijalar tekshirilib ishchi hodimga tavsiyanoma va maxsus sertifikatlar beriladi

Elektron manzil: saidaxror.xojakbarov@texnopark.uz

  

 

 

 

 

 

 

Raximjonov Javlonbek Toirjon o’g’li

“TEXNOPARK” O‘quv markazi ishlab chiqarishda yig‘uv liniyasi ta’limi jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi.

“TEXNOPARK” MCHJ O’quv markazida mexanik va elektir qisimlarini yig’uv xonasi tashkil etilgan bo’lib, unda ishlab chiqarishning mexanik va elektir qisimlarni yig’ish charayoni o’rgatiladi. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalarini operator va injener-texnologlariga boshlang’ich bilim va konikmalar beriladi. Bizda 5 kunlik o’quv kursi tashkil etilgan bo’lib unda boshlang’ich bilimdan to mexanik va elektir qisimlarni mukammal yig’a olishgachen bo’lgan bilimlar beriladi. Ishchi hodimlar kelganida boshlangich nazorat testi olinadi va nazariy bilimlar beriladi, nazariy bilimlarga ega bolganlaridan so’ng amaliy mashg’ulotlar o’tiladi. 30 soatlik darsdan keyin yakuniy nazorat ish boladi va boshlang’ich hamda yakuniy natijalar tekshirilib ishchi hodimga tavsiyanoma va maxsus sertifikatlar beriladi.

Elektron manzil: javlon.raximjonov@texnopark.uz

 

 

 

 

Quvandikov Begzad Jalgasbay uli

“TEXNOPARK” O‘quv markazi ishlab chiqarishda virtual reallik ta’limi jarayonini tashkil etish bo‘limi mutaxassisi.

“TEXNOPARK” MCHJ O’quv markazida virtual reallik xonasi tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda barcha sohalarga kirib kelayotgan virtual reallik uskunalari xodimlarni o’z vazifalarini o’rgatishda ham keng qo’llanilmoqda. Ushbu uskunalar ishlash tizimi quyidagicha:

     Xodimning ishlash joyi video tasvirga olingan holda virtual reallikga yuklatiladi va virtual hudud ishlab chiqiladi. Maxsus uskunalar ya`ni sensorli qo’lqoplar va virtual ko’zoynaklardan va boshqa uskunalardan foydalanilgan holda xodim ushbu virtual muhitga tushiriladi;

     Sensorlar orqali xodimning barcha harakatlari immitatsiyasi ko’rib boshqarilib turiladi va ushbu virtual hududda xodim huddi ishlab chiqarish korxonasida bo’lganidek o’rgatiladi.  

Elektron manzil: beginzad.kuvandikov@texnopark.uz