Kompaniya haqida

«Texnopark» MChJ 2019 yil 10 iyunda tashkil etilgan. Jamiyatni yaratishdan maqsad keng iste'mol tovarlari o'rnini bosadigan iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish o'rinlarini yaratish edi. Hozirgi kunda Texnopark MChJ hududida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:
- elektron gaz o'lchash moslamalarini
- maishiy sovutgichlarni
- displeyli sovutgichlar va muzlatgichlarni
- maishiy konditsionerlar va sovutish tizimlarini
- kir yuvish moshinalarini
- oshxona plitalarini
- lift va eskalatorlarni
- suv nasoslarini
- deraza va eshiklar butlo'vchi qismlar va aksessuarlarni
- sendvich PIR panellarni
- isitish radiatorlarini ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirish 10 mingga yaqin kishini doimiy ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Pietro Fiorentini (Italiya) va Samsung Electronics (Koreya), Whirlpool (Xitoy), Shanxay Mitsubishi (Xitoy), Moss Alliance (Shveytsariya) kabi dunyoga mashhur kompaniyalar Texnopark MCHJning asosiy hamkorlari hisoblanadi.