Bizning ko'rgazma zallarimiz

Bugungi kunga qadar, “TEXNOPARK” MChJ hududida keng turdagi sanoat uskunalari, qurilish materiallari va maishiy texnika vositalarini ishlab chiqaradigan 13 ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ommalashtirish maqsadida, Toshkent shahri, O‘zbekiston viloyatlari va xorijda taqdimot zallari ochilmoqda.

Ko'rgazma zallarida har bir tashrif buyuruvchi elektrotexnika mahsulotlari assortimenti, taqdim etilayotgan texnologiyalarning texnik parametrlari va afzalliklari bilan tanishishi mumkin. Maslahatchilar so'rov bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga tayyor turadilar.

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan "Visitor Center" ko‘rgazma majmuasi eng yirik ko‘rgazma zallaridan biridir. Bu obyekt doimiy ekspozitsiya maydoni bo'lib, unda sanoat uskunalari, innovatsion qurilish materiallari va maishiy texnika namoyish etiladi.

 

 

 

 

2021-yil iyul oyida,Xo‘jandda (Tojikiston) "TEXNOPARK"ning birinchi xorijiy ko‘rgazma zali o'z faoliyatini boshladi. Bu yerda "Osten" liftlari va "aqlli gaz" hisoblagichlari, "Leo" elektr suv nasoslari, "Shivaki" konditsioner tizimlari, "UzCopper" mis mahsulotlari taqdim etilgan.

 

 

  

 

"TEXNOPARK" yaqin kelajakda Andijon (Andijon viloyati) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida ko‘rgazma zallarini ochishni rejalashtirmoqda.