Servis markazi

   «TEXNOPARK» MChJ ishlab chiqariladigan bir qator mahsulotlar bo'yicha mijozlari uchun servis markaz tashkil qilgan. Markazda 180 dan ziyod malakali mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda. Bizning servis-markazimizning call-markazi kecha-kunduz ishlaydi. Har bir kelib tushgan murojatni qisqa muddatda kurib chiqish uchun hodimlar jiddiy harakat qilmoqdalar. Aloqa markazimizda o'rtacha hisobda kunlik kelib tushadigan qo'ng'iroqlar soni 1000 tadan 1682 tagacha bo'lgan hisobni tashkil etadi.

   Markazimizda mijoz tomonidan beriladigan savollarga aniq ma'lumot olish imkoniyati mavjud. 71 210-70-70 raqam orqali biz bilan bog'lanshingiz mumkin. «TEXNOPARK» xizmat ko'rsatish markazi har doim o'z mijozlari bilan aloqada bo'lishga intiladi. Bir vaqtning o'zida kiruvchi qo'ng'iroqlar limiti 20 dan 150 gacha oshirildi. Agar abonent 151-chi bo’lib qo'ng'iroq qilsa, uning qo'ng'irog'i avtomatik ravishda rad etiladi.

 

    «TEXNOPARK» Servis markazi

  • «OSTEN» aqlli gaz hisoblagichlar;
  • «SHIVAKI» sanoat havoni tozalash va sovutish tizimlari;
  • «FERROLI» isitish qozonlari;
  • «OSTEN» liftlar va eskalatorlarga servis hizmatlarni kursatadi.

   Servis markazni asosiy vazifasi mijozlarga eng qisqa vaqt ichida sifatli xizmat ko'rsatish va so'rovlarga javob berish. O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida «TEXNOPARK» servis markazlari faoliyat olib bormoqda. Barcha markazlar xizmat avtomobillariga ega Hodimlarimiz mijozlarning so'rovlariga qisqa muddatda javob berishga hamisha tayyor!