Mis quvurlari va mis mahsulotlarini ishlab chiqarish

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini  rivojlantirish sharoitida, jadal rivojlanayotgan sanoat doirasida elektr tarmoqlarini mis quvurlari hamda mis qismlari bilan ta'minlash darajasi alohida ahamiyatga ega. "TEXNOPARK" MChJda mis quvurlarini ishlab chiqarish bo'yicha ishlab chiqarish korxonasining tashkil etilishi ko'p jihatdan ichki bozor talabini qondirish bilan bir qatorda eksport ta'minotini amalga oshirishga ham  qodir.

                    

Loyihaning asosiy maqsadlari:

- yuqori texnologiyali korxonani tashkil etish;

- sanoat korxonalarining mis quvurlariga bo'lgan ehtiyojni qondirish;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

- eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish;

- yuqori sifat kafolati;

- xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatdosh mahsulotlarni chiqarish;

- xarajatlarni kamaytirish;

- yangi ish o'rinlarini yaratish.

Mis quvurlari issiq va sovuq suv ta'minoti tizimlarini yotqizishda, isitish tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ular  gaz va siqilgan havoni tashish, gidravlik tizimlarda moyni haydash, sovutish moslamalari uchun freon yetkazib berishda, “Issiq pol” isitish tizimlarida ishlatiladi. Bundan tashqari, mis quvurlari texnologik uskunalarni ulashda, kondensatni to'kish va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatiladi.

                     

Mis tejamkor  mahsulot bo’lib, shakli va xususiyatlari o'rnatish vaqtini, moddiy va umumiy xarajatlarni qisqartiradi.

"TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis quvurlari, uzoq muddat davomida foydalaniladigan yuqori sifatli rangli mahsulot bo’libgina qolmay, balki mustahkamligi, korroziyaga chidamliligi va ajoyib issiqlik o'tkazuvchanligi bilan ajralib turadigan mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari, mis quvurlari gaz va suyuq muhitga bardoshlidir.

Mis egiluvchan. Mis naychalari mukammal egiluvchan bo'lib, shakl olish va  ushbu holatni saqlab turish xususiyatiga ega. Yumshoq burmalar quvurga har qanday burchak ostidagi kontur va burchaklarning kuzatib shaklini olish imkon beradi.

      

Mis quvurlari osongina ulanadi. Mis furnituralari silliq, toza, bardoshli va germetik xususiyatga ega. Bu keraksiz qalinlik va vaznni yo'q qiladi. Mis quvurlari yonmaydi, zaharli gaz sharoitida parchalanmaydi. Shu sababli ham, u yong’inni pollar, devorlar va shiftlar orqali yoymaydi. Mis ishonchli. Mis quvurlari aniq belgilangan kompozitsion standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi va doimiy markirovka bilan belgilanadi.      

Mis 100% qayta ishlanadi. Mis tarkibi va xususiyatlari yomonlashmasdan qayta ishlanishi mumkin bo'lgan muhandislik materiali sifatida ajralib turadi.

Mis quvurlarini o'rnatish qiyinchilik tug’dirmaydi, chunki quvurlar egiluvchan va yengil hisoblanishadi, shu asosda, ularni kesish va egish oson. Mis payvandlashni talab qilmaydi: mis quvurlarni faqat lehim bilan ulash mumkin. Bu sizga mis quvurlarni o'rnatish, vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi.

 

So'nggi yangiliklar

Qish tezda o'tib ketadi

Oʻzbekistonda mart oyidayoq barqaror + harorat . Qolaversa, an'anaviy uzoq, issiq davr juda tez keladi. Demak, muzqaymoq va salqin ichimliklar, dengiz mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar...

120