Gaz hisoblagichlari ishlab chiqarish zavodi kirish nazorati bo`yicha mutaxassis

Talablar:
- oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumot, ish staji mavjudligi maqsadga muvofiq;
- MS Office dasturini yaxshi bilish;
- ma`suliyatlilik, diqqatlilik, topshiriqlarni bajaruvchanlik, halollik, batartiblik, g`ayratlilik, stressga bardoshlilik;
- profil tashkilotlarda kirish va topshirish nazorati bo`yicha ish tajribasining mavjudligi;
- amaldagi VIKning mavjudligi;
- komandirovkalarga tayyorlik.

Majburiyatlar:
- buyurtmachining kompressor stansiyalarini qurish uchun ishlatiladigan moddiy-texnik resurslarni kirish va topshirish nazoratlarini o`tkazish;
- kelib tushayotgan uskunalar va materiallarni to`liq komplektda ekanini tekshirish;
- kirish va topshirish nazoratini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan o`zaro aloqa qilish (vakolatli vakillarni chaqirish, komission ochib ko`rish);
- kelib tushayotgan MTRlarni kirish va topshirish nazorati bayonnomalari reestrini yuritish, ularga uskunalar, materiallar, o`lchov vositalari bo`yicha texnik xujjatlardan (pasportlar, formulyarlar, sertifikatlar) olingan dolzarb ma`lumotlarni kiritib borish;
- yetkazib beruvchilardan kelib tushayotgan MTRlarni yetkazib berish grafiklari, so`rov varaqalari, komplektlash axborotnomalari, kelib tushayotgan uskunalarni qabul qilish bo`yicha xatlar, yuk joylarini qayta ishlash;


 

SMT mutaxassisi

Talablar:

-Oliy ma`lumot (famatsevtika, biokimyoviy, kimyoviy-texnologik, kimyoviy, texnik)

-Kamida 3 yillikish tajribasi - ISO va GMP bo`yicha sertifikatlarga ega bo`lish.

-Tillarni bilish: rus, o`zbek, ingliz tilini bilish

-Ilg`or ishlab chiqarish amaliyoti

(GMP), Sifat menejmenti tizimi (SMS) ISO 9001: 2015 talablarini bilish bilish 

-Texnologik jarayonlar va analitik jarayonlar, uskunalar va muhandislik tizimlrining barqarorligi va ishonchliligiga ta`sir etuvchi omillarning ahamiyatini baholash uchun statistik tahlil usullarini qo`llash. -SMT ichki auditini rejalashtirish va o`tkazish qobiliyati

 

Vazifalari:

1) ISO 9001: 2015 xalqaro standartiga muvofiq, SMT ishlab chiqish, joriy etish va ishlsh bo`yicha ishlarni tashkil qilish. Farmatseftika ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida ishlab chiqarish va sifatini to`g`ri nazorat qilishni ta`minlash.

2)Farmatseftika sanoatida tasdiqlash (malaka) ishini tashkil etish, rejalashtirish, bajarish va boshqa (qo`llab-quvvatlash tizimlari, tozalash xonalari, analitik tahlil usullari, texnologik jarayon, uskunalarni tozalash tartibi)

3)Tekshirilayotgan ob`ektni tasdiqlash (malaka) bo`yicha hujjatlarni ishlab chiqish (malaka) (reja, protokol, hisobot)

4)Ichki auditni o`tkazish

5)SMT jarayonlari va protseduralarini ishlab chiqish, aylanma hujjatlarini yuritish, hujjatlarni tarqatish, ish sharoitlari: - rasmiy bandlik - ish tartibi: olti kun


 

Muhandis-konstruktor

Majburiyatlari:
- Konstruktorlik hujjatlarini tuzish, chizmalarni ishlab chiqish, metallokonstruksiyalarni ishlab chiqish
- Loyiha-sxema hujjatlari chizmalarini bajarish
-Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish

Talablar:
-Kompyuterni bilish. 3D modellashtirish va AutoCad dasturlarining ilg`or foydalanuvchisi. Prinsipial sxemalarni o`qish va ishlab chiqishni bilish


 

Avtopogruzchik haydovchisi

Majburiyatlari:

Pogruzchik tuzilishini va undan foydalanishni; qo`llaniladigan yoqilg`i va moylash mahsulotlari turlarini; akkumulyator ishlab chiqarishining asosiy materiallar nomlanishini; kislotalar va ishqorlarni saqlash va ular bilan muomala qilish qoidalarini; avtopogruzchik ishida nosozliklarni aniqlashni bilish;
Navbatdagi texnik xizmat ko`rsatish va ko`rik muddatlarini bilish va ularga rioya qilish, shinalardagi bosimni, shinalar yemirilishini, rul g`iliragi oson yurish burchagini va hokazolarni pogruzchikdan va akkumulyator batareyalaridan foydalanish yo`riqnomasi bo`yicha tekshirish
Talablar:
Ma`lumoti: O`rta
Sohadagi tajriba: 5 yil
Avtopogruzchik tuzilmasini bilish
Barcha turdagi transport vositalaridga yuklarni ortish, yuklarni tushirish usullarini bilish
Yuklarni ko`tarish, joyidan siljitish va joylashni bilish.


 

Muhandis-texnolog

Vazifalari:

-Loyihaviy xujjatlarni, ishchi chizmalarning eskilarini ishlab chiqish

-Texnologik intizomga rioya qilish; ishlab chiqarish topshirig`ini bajarish;

-Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

 

Talablar:

-Kompyuterning ishonchli foydalanuvchisi. -2 yildan beri texnologik muhandis sifatida ish tajribasi

-Nazorat va o`rganish. Ishlab chiqish va amalga oshirish


 

Sifat bo`yicha muhandis

Majburiyatlari:
Texnologik jarayonni o`lchov vositalari bilan ta`minlanganligini nazorat qilish
Ta`mirlashni tashkil qilish
O`lchov vositalarini tekshirish va kalibrovka qilish
O`z kompetensiyasi doirasida tizim faoliyati uchun zarur bo`lgan hujjatlarni ishlab chiqish

Talablar:
Ma`lumoti: Oliy yoki o`rta-maxsus
Sohadagi tajriba: 1 yildan ko`p
Tillarni bilish: Rus va o`zbek
Kompyuter bilimlari: Word, Excel, Outlook, Power Point
O`qishga layoqatlilik, diqqatlilik, faollik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, jamoada ishlay olish


 

Shtamplangan mahsulotlar uchastkasi shtamplovchisi

Talablar:
ko`z yordamida yaxshi o`lchay olish, axir detallarninng aniq o`lchovlari aynan shunga bog`liq;
o`tkir ko`z, mutaxassis tomonidan detalning defektini o`z vaqtida aniqlash shunga bog`liq bo`ladi;
diqqatni ish jarayoniga jamlash qobiliyati;
yaxshi ko`ra olish xotirasiga ega bo`lish;
rivojlangan keng ko`lamli tasavvurga ega bo`lish;
qo`llar harakatining yuqori o`zaro mosligi va aniqligiga ega bo`lish;
uskuna tarkibini aniq bilishi, nosozliklarni bartaraf etishni bilishi va o`z vaqtida ta`mirlash ishlarini amalga oshirishi;
nima tayyorlashni aniq bilishi uchun chizmalarni o`qishni bilishi;
ma`suliyatlilik va mehnatsevarlik.

Majburiyatlari:
bir turli presslar tuzilishini, uskunani to`g`ri o`rnatish va demontaj qilish usullarini bilsh;
o`zi ishlayoigan materiallar xususiyatlarini bilish;
o`lchov asbobini nima uchun kerakligini bilish;
avariyaviy vaziyatda mutaxassis tezkorlik bilan adekvat qarorlarni qabul qilishi kerak;
ishchi lavozim yo`riqnomasiga va texnika xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishga majbur;
ishchi jarohat va brak mahsulot chiqishini oldini olish maqsadida, rahbariyatga nosozliklar haqida o`z vaqtida xabar berishi kerak;
nosoz uskunada ishlash qat`iyan man etiladi, chunki bu jarohat va baxtsiz hodisa keltirib chiqarishi mumkin;
ishchi o`z sog`lig`ini asrash uchun maxsus kiyim, kaska va himoya maskasini taqib yurishi lozim;


 

Yuk tashuvchi

Talablar:
- Shu sohadagi 1 yildan ortiq tajriba;
- Rus va o`zbek tillarini bilish;
- O`qishga tayyorlik va natijaga yo`nalganlik.
Majburiyatlari:
- Yuk ortish va turishni amalag oshiradi;
- Ombor ichi yuklarni qayta ishlashni – saralash, joylashtirish, olib qo`yish, qayta tortish, qo`lda yoki oddiy yuklash-tushirish moslamalari va transportirovka vositalari (zambillar, aravalar, transporterlar va boshqa ko`tarma-transport mexanizmlari) yordamida qadoqlash amalga oshiradi;
- Lebyodkalarni, ko`tarma bloklarni, vaqtinchalik qiyalik moslamalarini va yuklarni ortib tushirish uchun kerak bo`lgan boshqa moslamalarni o`rnatadi;
- Omborlar va transport vositalarida yuklarni qotirish va saqlashni amalga oshiradi;
- Xizmat ko`rsatilayotgan yuklab tushirish moslamalari va transportirovka vositalarini tozalaydi va moylab turadi.


 

Omborchi

Talablar:
1. Tovar-moddiy boyliklarini saqlash standartlari va texnik shartlarini bilish;
2. Ombor xo`jaligini tashkil qilish va texnologiyasini, yuklab tushirish ishlarini bilish;
3. Materiallarni va xizmat xonalarini saqlash bo`yicha yong`inga qarshi qoidalarni bilish;
4. Kompyuterdan foydalanishni bilish.
Majburiyatlari:
- Turli moddiy boyliklarni omborga qabul qiladi, saqlaydi va ombordan berish ishlarini amalga oshiradi.
- Yuklarni ortish, tushirish va ularni ombor ichida joylashtirish ishlarini bajaradi.
- Ombor operatsiyalari hisobini yuritadi.
- Omborda turgan tovar-moddiy boyliklar saqlanishini va saqlash rejimlariga rioya qilishni ta`minlaydi.


 

G`aznachi

Talablar:
- O`rta, O`rta-maxsus ma`lumot;
- Rus tilini bilish;
- “1”S dasturini bilish maqsadga muvofiq
- MS Office pakti dasturining dadil foydalanuvchisi;
- Hisobotlarni tayyorlashdagi bilim va tajribaning mavjudligi.

Majburiyatlari:
- Tashkiliy ko`nikmalar va yetakchilik sifatlariga ega bo`lishlik.
- Kompyuterni bilish (Word, Excel, internet ).
- Yuklarni aniq ro`yxatga olish va uzatib yuborish.
- Savdo sohasidagi tajriba maqsadga muvofiq.


 

Tayyor mahsulotlar ombori mudiri

Talablar:
- Xuddi shunday lavozimdagi ish tajribasi 3 yildan ko`p bo`lishi
- Oliy ma`lumot
- 1S dasturida ishlay olish
- tahliliy fiklash qobiliyati
- ko`p ishlarni uddalay olish
- ma`suliyatlilik
- boshqaruv tajribasi
Asosiy majburiyatlari:

Tovarlarni qabul qilish, saqlash va ularni ombordan berish, ombor binolarini oqilona ishlatgan tarzda ularni joylashtirish, kerakli tovarlarni topishni yengillashtirish va tezlashtirish sohasida ombor ishini boshqaradi.
Omborga qo`yilgan tovarlarni saqlanishini ta`minlaydi.
Saqlash rejimlariga rioya qilishni ta`minlaydi.
Kelib tushayotgan yuklarga joy tayyorlaydi.
Texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong`inga qarshi himoya qoidalariga rioya qilgan holda omborda yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil etadi.
Ko`p marotaba ishlatiladigan idishni yig`ish, saqlash va yetkazib beruvchilarga qaytarishni ta`minlaydi.
Xaridorlari/kompaniyaning menejerlari tomonidan tushgan zayavkalar bo`yicha tovarlar partiyasning komplektasiyasini ta`minlaydi.
Ombor operatsiyalari hisobini yuritadi.
Kirish-xarj etish hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalarini bajarilishini ta`minlaydi.
O`rnatilgan hisobotlarni tayyorlaydi.
Ombordagi yong`inga qarshi himoya vositalarining mavjudligi va sozligini, xonalar, ombrdagi uskuna va anjomlarning holatini kuzatib boradi va ularning o`z vaqtida ta`mirlanishini ta`minlaydi.
Tovar-moddiy boyliklarini inventarlashni o`tkazishni tashkil etadi.
O`zining bevosita boshlig`ining alohida xizmat topshiriqlarini bajaradi.


 

Xomashyo va materiallar ombori mudiri

Nomzodga bo`lgan talablar:
- Kompyuterni bilish (1S, MS Word, Excel);
- Rus va o`zbek tillarini bilish;
- Ish tajribasi 1 yildan ortiq;
Asosiy majburiyatlari:
- Omborga turli moddiy boyliklarni qabul qilish, ularni tortish, saqlash va ombordan berish ishlarini amalga oshiradi.
- Qabul qilinayotgan boyliklarni kuzatuvchi hujjatlarga mosligini tekshiradi.
- Moddiy boyliklarni ularni saqlanish joylariga qo`lda yoki shtabelerlar va boshqa mexanizmlar yordamida ko`chirib o`tkazadi, ularni turi, siqati, belgilanishi va boshqa belgilari bo`yicha saralaydi.
- Yuklarni ortish, tushirish va ombor ichida joylashtirish ishlarini boshqaradi.
- Iste`molchilarning zayavkalari asosida moddiy boyliklarni komplektlaydi.
- Ombordagi tovar-moddiy boyliklarni saqlanishini va saqlash rejimlariga rioya qilishni ta`minlaydi.


 

Ishlab chiqarish hisobchisi

Talablar:
Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi kamida 5 yil;
20% li QQS bilan ishlash tajribasi
Oliy ma`lumot;
Kompyuterning dadil foydalanuvchisi;
1S dasturida ishlab chiqarish va obor qismlarini bilish;
Soliq va mehnat kodekslarini bilish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ish tajribasining mavjudligi;
Majburiyatlari:
Birlamchi hujjatlar bilan ishlash: yuk ortish hujjatlarining nazorati, ularni yozib berish va kelib tushayotgan TMBlarni rasmiylashtirish;
Kontragentlar bilan hisob-kitoblarni solishtirish;
Tannarxni hisoblash;
Olingan hisob-fatura va yukxatlarni teshirish va 1S 8 dasturiga kiritib borish, yetmayotgan hujjatlarni talab qilish va ularni keyinchalik arxivlashtirish;
Ma`lumotnomalar bilan ishlash (kontragentlar, shartnomalar) – yangilarini yaratish, amaldagilarini tahrir qilish;
Sotish bo`yicha to`g`irlangan (korrektirovka qilingan) hujjatarni qaytishini nazorat qilish;
Buxgalterlik hujjatlarini saralash va arxivlashtirish;
Avans hisobotlarini tuzish.


 

Material hisob bo`yicha buxgalter

Talablar:
Oliy profil ma`lumot
Jinsi: ahamiyatsiz
Tillarni bilish:
Rus - erkin
Ingliz - o`tacha
O`zbek - bazoviy
Ish tajribasi: Ishlab chiqarishda material hisob buxgalteri lavozimida kamida 3 yil;
BHMSni, soliq kodeksini va bojxona qonunchiligini bilish;
1S dasturini, Microsoft Office paketi dasturlarini, "Bank-klient" tizimini dadil foydalanuvchi darajasida bilish;
Korxonada buxgalteriya hisobotini yuritishni shakl va usullarini, hisoblar rejasi va korrespondentsiyasini bilish;

Majburiyatlari:

Tannarxni hisoblash;
Birlamchi buxgalterlik hujjatlarini qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish;
Soliqlarni, oylik maoshlarni, sug`urta badallarini va boshqa to`lovlarni hisoblash va pul o`tkazmalrini amalga oshirish
Import uchastkasida (TIF) buxgalterlik hisobini yuritish;
Importning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish;
TMBlarning harakatlanishi bo`yicha birlamchi hujjatlarni tuzish va qabul qilish;
TMBlarning harakatlanishi bo`yicha birlamchi hisob hujjatlar shaklining to`liq rasmiylashtirilganligi, rekvezitlarning mavjudligi sohasida tekshirish;
Buxgalteriya hisobi siyosatiga asosan joriy hisobot davri TMBlarning harakatlanishi bo`yicha birlamchi hisob hujjatlarini tizimlashtirish;
TMBlarning harakatlanishi bo`yicha birlamchi hisob hujjatlari asosida jamlanma hisob hujjatlarini tuzish.


 

Sotish bo`yicha buxgalter

Talablar:
1. O`rta-maxsus yoki oliy ma`lumot
2. Buxgalter bo`lib ishlash tajribasi 1 yildan ko`p
3. Rus tilini bilish darajasi – erkin so`zlashuv, o`zbek tilini – maqsadga muvofiq
4. Mahsulotni sotish bo`yicha birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish sohasida (shartnoma, hisob-faktura, yukxat, TMBlarni olishga ishonchnoma) qonunchilikni bilish
5. 1S Buxgalteriya dasturida ishlash qoidalarini bilish
6. Excel va Word kompyuter dasturlarini bilish darajasi – dadil foydalanuvchi
7. TMBlar harakati bo`yicha hisobotlarni shakllantirish malakasi (material hisobot).
8. Birlamchi hujjatlar bilan ishlash malakasi
9. Inventarlashni o`tkazish malakasi
10. Shahsiy xislatlari: ma`suliyatlilik, natijaga yo`nalganlik, ishiga qiziqish, saranjomlik, ikir-chikirlarg e`tiborlilik.

Majburiyatlari:
1. Sotishni amalga oshirish uchun birlamchi hujjatlarni to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirish;
2. Mahsulotni sotish bo`yicha xo`jalik operatsiyalari hisobini to`g`ri va o`z vaqtida yuritish.


 


Ma'lumot uchun telefon +99895 515-00-72

So'ngi yangiliklar